“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya Kubogi 1/2 finalining “Real”ga qarshi javob uchrashuvida klub boshqaruvidagi o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazdi (3:0).
55 yoshli mutaxassis g‘alabalar soni bo‘yicha klub tarixida 4-o‘ringa chiqib oldi, deb yozadi Pedro Martin o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Kataloniya klubi Valverde qo‘l ostida 68 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi, 23 ta o‘yinda durang natija qayd etdi. 9 ta bellashuvda esa mag‘lubiyatga uchradi.
Pep Gvardiola dastlabki 100 ta uchrashuvda 71 ta g‘alaba, 19 ta durang va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Luis Enrike hisobida esa 80 ta g‘alaba, 11 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat mavjud.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Valverde Elenio Erreradan ortda qolmoqda. Errera 72 ta g‘alaba, 12 ta durang natiga erishgan bo‘lsa, hammadan ko‘ra ko‘proq mag‘lub bo‘lgan — 16.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)