Toshkentda mast erkak “Qo‘yliq” bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakrashga urindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun soat 18.45 da alkogol ichimlik ichgan mast erkak Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Bektemir tumani “Qo‘yliq” bozori yaqinidagi ko‘prikka osilgan. Uni Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va fuqarolar qutqarib qolgan”, – deydi Toshkent shahar IIBB.
Aniqlanishicha, erkak Jizzax viloyatidan kelgan 42 yashar Muratbek E. ekan. U tibbiy muassasaga olib ketilgan, u yerda birinchi yordam ko‘rsatilgan va psixologlar bilan suhbat o‘tkazilgan.
Izoh (0)