Ayni paytda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “O‘zbekiston jurnalistikasi milliy ensiklopediyasi”ning nashrga tayyorlanishi bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi O‘zA.
Mazkur universitet hamda uning qoshida tashkil etilgan Media Trend o‘quv markazi ijodkorlari bir necha oy avval O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi loyihasi ustida ish boshlagan edi. Bugunga qadar jurnalistika sohasiga oid olti mingdan ortiq so‘zlar, atama va zamonaviy tushunchalar ushbu ensiklopediya tarkibiga kiritilgan.
Yaratilayotgan ensiklopediya 3 tomli bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda uning birinchi tomi tayyor holda.
Bugun muhokamaga yig‘ilganlar ixtiyoriga “O‘zbekiston jurnalistika milliy ensiklopediyasi”ning birinchi tomi loyihasi taqdim etildi.
Shu vaqtga qadar O‘zbekiston tarixida jurnalistika sohasiga ixtisoslashtirilgan ensiklopediya mavjud bo‘lmagan. Sohaga oid so‘zlarni esa faqat umumiy ensiklomediyadan topish mumkin edi.
Muhokamalar davom etmoqda.
Izoh (0)