“Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett Angliya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bahsda “Bornmut” darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi (5:1).
Fransiyalik Angliya premyer ligasining ketma-ket 5 ta uy uchrashuvida gol urgan London klubi tarixidagi 5-futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
So‘nggi bor ushbu natijaga “Arsenal” sobiq hujumchisi Robin van Persi erishgandi (2011/12-yilgi mavsum).
Aleksandr Lyakazett joriy mavsumda Angliya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)