Bir guruh olimlar tadqiqot o‘tkazib, dinozavrlar sayyorada ko‘plab vulqon otilgani sababli qirilib ketgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tadqiqot Lozanna universiteti olimlari ishtirokida Hindistonning Dekan yassitog‘ligida olib borilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, taxminan 66 million yil oldin bir qator vulqon otilishlari sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, olimlar Yerga ulkan meteorit kelib urilganiga ham ishonadi. Mana shu sabablar yer yuzidagi barcha dinozavrlarning yo‘q bo‘lib ketishiga yetarli asos bo‘lgan.
“Ushbu vulqon fazalaridan keyin atrof-muhitda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan va juda ko‘p tirik mavjudotlarning, jumladan, dinozavrlarning ham yashab qolishiga tahdid qilgan”, — deydi olimlar.
Izoh (0)