2019-yilning 26-fevral kuni Kiyevning Julyani aeroportida Minsk reysi bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Fuqaroning ma’lumotlari tekshirilgandan so‘ng Ukraina davlat chegara xizmati tomonidan Ukraina davlat chegarasidan o‘tishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Mamlakatga kirishi rad etilgan fuqaro N. davlat chegara xizmati vakiliga 500 dollar pora berishga uringan. Shundan so‘ng Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)