Janubiy Afrikadagi bir nechta dafn marosimlarini o‘tkazish byurolari o‘zini o‘likni tiriltirganlik va “payg‘ambarlik”da da’vo qilayotgan pastorni sudga bermoqchi, deya xabar beradi “BBS”.

Foto: Alf Lukau/Facebook

Internetda tarqalgan videorolikda ruhoniy Alf Lukau ochiq tobutga qarab, baland ovozda “Uyg‘on!” deyayotgan va “o‘lik” birdan tirilayotgani aks etgan.

Dafn marosimi byurosi ularni chalg‘itishgani, aks holda ular ushbu marosimda ishtirok etmasliklarini aytmoqda.

“Tirilish” jarayoni Yohannesburg yaqinidagi Lukau cherkovining kiraverishida yuz bergan. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari pastorning ustidan kulishgan, boshqalari uni qoralagan.

“Mo‘jizalar sodir bo‘lmaydi. Buni odamlardan pul olish uchun o‘ylab topishgan ”, — deydi davlat televideniyesiga bergan intervyusida Madaniy, diniy va til jamiyati huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyaning vakili.