24-fevral kuni Reddit va 9GAG Polshadagi osmono‘par binolarning birida paydo bo‘lgan “Varshava kiberpanki” — sun’iy “quyosh” suratlarini joylagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Ba’zi foydalanuvchilar fotosuratlarni “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” filmi bilan taqqoslagan, boshqalari esa Polshaning CD Projekt studiyasi (“Vedmak” o‘yini yaratuvchisi) Cyberpunk 2077 o‘yinini ishlab chiqayotganini eslagan.
“Quyosh” paydo bo‘lishi sabablaridan biri Varshavada tutun bilan kurashishning usuli deya qaralmoqda. Shunga o‘xshash holatlar avval boshqa shaharlarda ham kuzatilgan. Masalan, Pekinda go‘yo tutun sabab shafaqning rasmi katta ko‘rinishda olingan edi. Lekin har ikki holatda ham ekologiyaning yomon ahvolining “quyosh”ga umuman aloqasi yo‘q.
Varshavadagi rasmlar 2016-yil olingan va o‘shandan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi. Qalbaki quyosh joylashtirilgan osmono‘par bino esa shahar markazidagi Q22 minorasi. Quyosh aslida “Yilning eng tushkun kuni” hisoblanuvchi “Ma’yus dushanba” sharafiga o‘rnatilgan.
Ushbu atamani fanga britaniyalik psixolog Klif Arnoll olib kirgan. Go‘yo bu kun, ya’ni yanvar oyining uchinchi dushanbasida odamlar bayramdan keyin, ko‘p xarajatlardan keyin hamda Yangi yilda va’da qilingan narsalarning birinchisi amalga oshmagani sabab o‘zini yomon his qiladi.
Izoh (0)