2019-yilning 26-fevral kuni Qozog‘istonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ostona shahrida qurilayotgan O‘zbekistonning bo‘lajak elchixonasi binolari majmuasini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qurilish ishlari 2018-yilning may oyida Qozog‘iston poytaxtining Olmaota tumanida boshlangan edi.
Elchixona bergan ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik vakolatxona binosining qurilish ishlarini 2019-yil yakuniga qadar tugallash mo‘ljallangan.
Izoh (0)