Germaniyalik bir guruh olim neyronal asos hujayralaring regulyatsiyasida juda muhim rol o‘ynaydigan “akna” oqsilini aniqladi. Akna bo‘lajak yangi neyronlarning paydo bo‘lishi uchun hujayralar migratsiyasiga javob beradi, deb xabar berilmoqda Gelmgoltz ilmiy tekshiruv markazi saytida.
Yangi neyronlar paydo bo‘ladigan asos hujayralarda akna oqsili yuqori konsentratsiyada aniqlangan. Tajribalarda asos hujayralardagi akna oqsili miqdori kam miqdorda saqlanib tursa ular boshlang‘ich holatda qolishi, agar uning miqdori ko‘paysa keyingi differensiatsiya uchun hujayralar migratsiyasi stimullanishi isbotlandi.
“Yangi neyronlar paydo bo‘lishi uchun bunday migratsiyalar zarur, ammo ular xavfli ham bo‘lishi mumkin, misol uchun, agar yomon sifatli hujayralar qo‘shni a’zolarda metastaz keltirib chiqarish uchun o‘sma to‘qimasini tark etishi”, — deydi tadqiqot rahbari Magdalena Getz.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, yangi ochilgan mexanizm nafaqat neyrogenez, balki boshqa ko‘plab jarayonlarda kalit rolini o‘ynaydi. Keyingi ilmiy izlanishlarda jamoa aknaning boshqa tipdagi asos hujayralarida va immun tizimidagi rolini o‘rganadi.
Izoh (0)