“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogining finalida “Chelsi” ustidan g‘alaba qozondi (0:0, penaltilar seriyasi — 4:3).
Manchester klubi ushbu sovrinni o‘z tarixida 6 marta va ketma-ket 2 marotaba qo‘lga kiritdi (1970, 1976, 2014, 2016, 2018, 2019). Bu haqda Gracenote Live xabar beradi.
“Shaharliklar” bu borada Liga Kubogiga 5 martadan ega chiqqan jamoalar “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Aston Villa”ni quvib o‘tdi va sovrinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Liverpul” Liga Kubogini qo‘lga kiritishda hozircha yetakchi bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 8 ta sovrin mavjud.
“Mankunianlar” mazkur sovrinni ketma-ket qo‘lga kiritgan 4-klub bo‘ldi.
Avvalroq bunday natijaga “Nottinghem Forest” (1978-1979, 1989-1990), “Liverpul” (1981-1984) va “Manchester Yunayted” (2009-2010) erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)