24-fevral, yakshanba kuni Angliya premyer ligasining 27-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Liverpul” bilan durang o‘ynadi (0:0).
“Mankunianlar” darvozaboni David de Xea bitta klubda 100 ta quruq o‘yin o‘tkazgan APL tarixidagi 7-darvozabonga aylandi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Bundan avval ushbu natijaga Manchester klubi tarixida darvozabon Peter Shmeyxel erishgandi. Uning hisobida 112 ta quruq o‘yin mavjud.
Bundan tashqari De Xea APL tarixida 100 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan 15-darvozabon bo‘ldi.
APL tarixida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar ro‘yxati:
- Peter Chex — 202 ta quruq o‘yin
- Devid Jeyms — 169
- Mark Shvartser — 151
- Devid Simen — 140
- Nigel Martin — 137
- Pepe Reina — 134
- Edvin Van der Sar, Tim Hovard, Bred Fridel — 132
- Peter Shmeyxel — 128
- Jo Hart — 127
- Shey Given — 113
- Yussi Yaaskelyaynen — 108
- Tomas Syorensen — 107
- David De Xea — 100
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)