Nyu-Yorkdan ikki marobar katta aysberg (taxminan 1700 kvadrat kilometr) Antarktidada Brant muz shelfidan ajraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Brant muzligining yorilishi Nyu-Yorkdan ikki barobar katta aysberg shakllanishiga olib keladi. Ammo uning yorilishi kelgusidagi ilmiy tadqiqotlarga va muzlikdagi odamlarga qanday ta’sir qilishi noma’lum”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, yoriqlar ilk bor 2016-yil oktabrda ko‘zga tashlangan. Hosil bo‘ladigan aysberg so‘nggi yuz yillikdagi eng katta aysberg bo‘lishi mumkin. Uning bo‘linishi muzlikdagi barqarorlikni yo‘qotib, unda joylashgan “Xalli” ilmiy stansiyasining kelajagini shubha ostiga qo‘yishi mumkin.
Shelfning yaqin oradagi kelajagi yoriq izlari qayerga borishiga bog‘liq. Agar janubiy qismda barqarorlik buzilsa, unda butun Brant muzliklari vayron bo‘lib ketishi mumkin.
Izoh (0)