25-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:34 da (Grinvich bo‘yicha soat 02:42da) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan, deya xabar beradi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila koordinatalari 41,33 gradus shimoliy kenglik, 68,89 gradus sharqiy uzunlikni tashkil qilgan. Zilzila magnitudasi M=3,4 teng, chuqurligi h=15 kilometr.
Zilzilaning Toshkentgacha bo‘lgan masofasi 28 kilometr shimoliy yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib, O‘zbekiston hududida sezilmagan.
Izoh (0)