Mutaxassislar 2019-yilgi Oskar marosimidagi eng yomon libosni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Moda ekspertlari 48 yoshli britaniyalik aktrisa Reychel Vaysning ko‘ylagini eng yomon libos deb topgan. Qizil yo‘lakdan o‘tish uchun aktrisa Givenchy Couture brendidan yorqin qizil rangli ko‘ylak tanlagan.
Yubkaning bel qismi yaltiroq gulli naqsh bilan ajratilgan. Tepasiga Vays yengi tirsagigacha bo‘lgan kalta vinil top kiygan. Aynan shu yulduzning libosini buzgan.
Vays “Favorit” dramasidagi roli uchun ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roliga nomzod qilib ko‘rsatilgan. Ammo statuetkani olmagan.
“Favorit”dagi roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” mukofotini olgan Oliviya Kolmannig libosi ham “univermagdan sovg‘a tariqasida berilgan” deb atalgan.
https://www.instagram.com/p/BuSSmwbBcGs/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)