Eron Ormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi harbiy-dengiz mashqlari paytida suvosti kemasidan birinchi qanotli raketani uchirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Sinovlarning uchinchi kuni Eron flotining Gadir toifali suvosti kemasidan qanotli raketa uchirildi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, uch kunlik mashg‘ulotda yuzdan ortiq kemalar ishtirok etgan.
Ma’lumki, Eron fevralning boshida 1979-yilgi islom inqilobining yubileyi munosabati bilan 1300 kilometr uzoqlikka uchadigan yangi qanotli raketani taqdim qilgan edi.
Eron Mudofaa vaziri Amir Hotamiyning so‘zlariga ko‘ra, yangi “yer-havo” raketasi Hoveizeh deb nomlanadi va 2015-yil taqdim qilingan Soumar qanotli raketalar oilasiga kiradi.
Avvalroq xabar berilishicha, Tehron AQSh tomonidan qilinadigan har qanday dushmanlik harakatiga javoban Ormuz bo‘g‘ozini yopib qo‘yishni aytib, tahdid qilgan edi. Sanksiya yordamida Eron neft eksportini to‘xtatib qo‘yishga urinish ham shuning jumlasiga kiradi.
Ma’lumki, 2015-yil qabul qilingan BMT Xavfsizlik kengashi rezolutsiyasiga ko‘ra, Tehron sakkiz yil ichida yadroviy qurol tashishga qodir raketa ishlab chiqarmasligi kerak. O‘z o‘rnida Eron bu raketa yadroviy qurol tashiy olmasligini aytgan.
Izoh (0)