23—24-fevral kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 25-turi doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
23-fevral, shanba kuni Rimning “Roma” klubi safarda “Frozinone”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 5-daqiqasida Chiano hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqaga kelib Edin Jeko hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan bir daqiqa o‘tib, Lorenso Pellegrini “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
2-bo‘limning 80-daqiqasida esa mezbon jamoa a’zosi Andrea Pinamonti hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yindagi oxirgi gol 90-daqiqada Edin Jeko tomonidan kiritildi va u uchrashuv qahramoniga aylandi (2:3).
Shu tariqa “bo‘rilar” “Frozinone” klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
24-fevral, yakshanba kuni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi mehmonda “Bolonya” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida Paulo Dibalaning kiritgan goli turinliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
24-fevral, yakshanba kuni
A Seriya
25-tur bahslari
23-fevral, shanba
“Torino”—“Atalanta” 2:0
Gollar: 1:0 — 42 Izzo, 2:0 — 46 Falke“Frozinone”—“Roma” 2:3
Gollar: 1:0 — 5 Chiano, 1:1 — 30 Jeko, 1:2 — 31 Pellegrini, 2:2 — 80 Pinamonti, 2:3 — 90 Jeko24-fevral, yakshanba
“Sampdoriya”—“Kalyari” 1:0
Gol: 1:0 — 66 Kvalyarella“Bolonya”—“Yuventus” 0:1
Gol: 0:1 — 67 Paulo Dibala“Kyevo”—“Jenoa” 0:0
“Sassuolo”—SPAL 1:1
Gollar: 1:0 — 43 Peluso, 1:1 — 68 PetanyaYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)