Rossiyaning Smolenskoy viloyati Yartsevo shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosida 23-fevral kuni yong‘in chiqqan. Emizikli farzandini qutqarish uchun ona sakkizinchi qavatdan bolasini tashlab yuborgan. Ammo chaqaloq nobud bo‘lgan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bolaning onasi yong‘in va tutunni ko‘rib, vahimaga tushib qolgan.
U 2018-yilda tug‘ilgan bolasini balkondan derazaning tagida tutib turilgan qutqaruv matosining ustiga uloqtirgan.
Lekin chaqaloq jarohat olgan. U kasalxonaga olib ketilgan, ammo shifokorlar unga yordam bera olmagan. Chaqaloq nobud bo‘lgan.
Hozirda voqea joyida jinoyat-qidiruv bo‘limining xodimlari va tergovchilari ish olib bormoqda.
Izoh (0)