Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasining Moliya instituti binosi asosiy darvozasi oldida avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xabar berishlaricha, ushbu qayrilish joyi poytaxt hokimligi va Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan ochilgan.

“Yangi qayrilib olish joyining ochilishi avval mavjud bo‘lgan tirbandliklarni qisman kamaytirish imkonini beradi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida.

Avvalroq Amir Temur shoh ko‘chasining Navoiy shoh ko‘chasiga kesishmasiga yaqin joyda qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochilgani haqida xabar berilgan edi. Yaqin vaqt ichida Kichik halqa yo‘lida Lutfiy ko‘chasi bilan chorrahada (Foziltepa ko‘chasidan kelish yo‘nalishida) hamda Foziltepa ko‘chasi bilan chorrahagacha bo‘lgan qismda ham qayrilib olish joyi paydo bo‘lishi kutilmoqda.