Morfin — juda ham samarador preparat, lekin u opioid va qaramlikni chaqiradi, dozaning oshirib yuborilishi tufayli esa o‘limga sabab bo‘ladi. Fransiyalik olimlar uning muqobil variantini topdi. Bundan tashqari, u morfin va boshqa sintetik opioidlarga nisbatan kamroq qaramlikni chaqiradi va, Science Advances jurnalida e‘lon qilingan natijalarga ko‘ra, uning ta’siri uzoqroq davom etadi.
Dori vositasi samaradorligining ilmiy asosi shundaki, tanamizdagi peptidlar, misol uchun, enkefalinlar, opioid retseptorlar bilan bog‘lanadi. Nazariy jihatdan ular morfin singari narkotiklarni suiste’mol qilish darajasigacha olib bormaydi. Chunki ular opioidlar ta’sir qiladigan og‘riqning miya markazlaridagi retseptorlarga emas, balki periferiyadagi retseptorlarga yo‘naltirilgan. Lekin amaliyotdan ularni gematoensefalik to‘siqdan o‘tkazish muammo bo‘lganligi sababli qo‘llanilmas edi.
Bu to‘siqni bartaraf etish uchun olimlar leysinenkefalin peptidini tabiiy skvalen deb nomlanuvchi lipidga biriktirdi. Olingan preparat to‘g‘ridan to‘g‘ri og‘riq manbaiga inyeksiya yo‘li bilan kiritilishi mumkin. Og‘riqsizlantirish effektivligini aniqlash uchun panjasi yallig‘langan sichqonlarga og‘riq qoldiruvchi preparatlarning turli xil variantlari kiritildi. Dori moddasidan tashqari, ularning tanasiga og‘riq bor joy to‘qimalariga borib to‘planadigan fluorestsent agent kiritildi. Dori kiritilgandan so‘ng 4 soat ichda og‘riq hissi kamaygani qayd etildi va yangi preparatning ta’sir davomiyligi morfindan ko‘ra uzoq davom etgan.
Bu ko‘plab yangiliklarni va’da qiladigan kashfiyot hisoblanadi. Hozirda faqat sichqonlarda effektivligini ko‘rsatgan preparatni bemorlarga tayinlash uchun u klinik tekshiruvlardan o‘tishi zarur. Kuni kecha esa olimlar og‘riq darajasini obyektiv baholab beradigan qon tahlilini taqdim qilgandi.
Izoh (0)