UEFA Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Ushbu nomga Eron terma jamoasi hamda “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun loyiq deb topildi. U musobaqaning 1/16 finalidan o‘rin olgan o‘yinda Turkiyaning “Fenerbahche” klubi darvozasiga 2 ta to‘p kiritdi.
Bundan tashqari 1/16 final javob o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olgan quyidagi futbolchilar ham hafta o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilgandi:
- Patson Daka (“Zalsburg”)
- Pablo Sarabiya (“Sevilya”)
- Kallum Hadson-Odoi (“Chelsi”)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!