AQSh Huawei kompaniyasi texnologiyalari va qurilmalaridan foydalanadigan mamlakatlar bilan axborot almashmaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

“Agar qaysidir davlat bu texnologiyalarni o‘zining muhim axborot tizimlarida ishlatsa, biz ular bilan axborot almasha olmaymiz. Biz AQShda mavjud axborotlarni xavf ostiga qo‘yishni istamaymiz”, — dedi Pompeo.

Davlat kotibiga ko‘ra, AQSh boshqa mamlakatlar “to‘g‘ri qarorni qabul qilishi” uchun Huawei kompaniyasi texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq xatarlarni tushuntirishga harakat qiladi.