Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrini poytaxtning markaziy qismi bilan bog‘laydigan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini to‘liq rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Loyiha yo‘lni rekonstruksiya qilish, shuningdek, yangi turar-joylar, bog‘lar, zamonaviy biznes-ofislar, mehmonxonalar, gipermarketlar, ko‘ngilochar markazlar va ijtimoiy muassasalarni barpo etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur ishlarni uzunligi 6,2 kilometrdan ortiq bo‘lgan Farg‘ona yo‘li bo‘ylab 227,5 gektar maydonda uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — mavjud trassani modernizatsiya qilish va hudud atrofini obodonlashtirish. Qurilish ekologik standartlarga rioya etilgan holda Yevropaning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, mazkur yo‘l anchadan buyon yomon ahvolda edi.