Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21 — 23-fevral kunlari Buxoro va Samarqandda ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi, unda islom dunyosidagi muhim xalqaro tashkilotlar, ixtisoslashgan tashkilotlar, universitetlar, din ulamolari, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik kompaniyalari ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Rejalashtirilgan tadbir haqidagi xabar jahon hamjamiyatida keng shov-shuvga sabab bo‘ldi. Forumni yoritish uchun Yevropa va Osiyoning yirik telekanallari – Euronews (Fransiya) va “Al Jazira” (Qatar), “Al-Ahram al-Iqtisadi” (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), “Kommersant” (Rossiya), “Al-Vajhat” (Ummon) va “Al-Hayat” (Saudiya) gazetalari vakillari tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, Euronews – dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarni sakkiz tilda efirga uzatuvchi, Yevropaning 24 soat davomiylikda faoliyat olib boradigan yetakchi axborot kanali sanaladi.

1993-yilda asos solingan telekanal Yevropa nuqtai nazari bo‘yicha dolzarb bo‘lgan dunyo voqealarini tezkorlik bilan yoritib boradi. Kabel, sun’iy yo‘ldosh hamda efirli uzatish orqali Euronews dunyoning 130 mamlakatida 199 milliondan ortiq xonadonlarni qamrab oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov