Rossiya unga qarshi tahdid real tus olgan zahoti zudlik bilan javob qaytaradi va nafaqat AQSh o‘z qurolini joylashtirgan mamlakatlar, balki Qo‘shma Shtatlarning o‘zini ham nishonga oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaatida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Rossiya nafaqat biz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid yuzaga keltiruvchi hududlarga nisbatan, balki bizga tahdid qiluvchi raketa komplekslarini qo‘llash haqidagi qarorlarni qabul qilish markazlari joylashgan hududlarga nisbatan ham qurollar turini yaratish va rivojlantirishga majbur”, — dedi Putin AQShning o‘rta va qisqa raketalar bo‘yicha kelishuvdan chiqishini izohlay turib.
Prezident, shuningdek, gap nima haqida borayotganligini barcha tushunishi uchun bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq gapirayotganligini ta’kidladi.
Prezident mazkur choralar Rossiyaga tegishli tahdidlar real tus olishi bilan amalga oshirilishiga urg‘u berdi.
Izoh (0)