2019-yilning yanvarida O‘zbekistonda chakana savdoning umumiy aylanmasi o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 5,1 foizga oshib, 10,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda dividends agentligi moliyaviy-tahliliy bo‘limi ma’lumotlariga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Jumladan, yirik korxonalarning chakana savdo aylanmasi 21,7 foizga oshib, 1,5 trillion so‘mni, kichik tadbirkorlik subyektlariniki — 2,6 foizga oshib, 8,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Uyushmagan savdoda bu ko‘rsatkich 3,6 foizga pasayib, 1,03 trillion so‘mni tashkil etgan.
Bunda yirik riteylerlarning mamlakat chakana savdo aylanmasidagi ulushi joriy yilning birinchi oyida 15 foizni tashkil etdi (2018-yilning yanvar oyida — 13,3 foiz, 2018-yilning dekabrida — 13,7 foiz). Kichik riteylerlarniki esa — 85 foiz (tegishlicha 86,7 va 86,3 foizga qarshi).
Izoh (0)