BAAda DarkMatter Group kompaniyasi dunyodagi ilk ultrahimoyalangan smartfon Katim R01’ni taqdim etdi. U ekstremal sharoitlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Smartfonni yaratish va sinovdan o‘tkazish ishlari bilan BAA, Finlyandiya va Kanada muhandislari shug‘ullangan.
Yangi smartfon o‘ta mustahkam korpusga ega hamda og‘ir harbiy standartlarga javob beradi. Gadjet yerga tushib ketganda, ustiga oyoq qo‘yilganida va 30 daqiqaga suvda qolib ketganida zararlanmaydi.
Unga barometr, harorat va namlik datchigi o‘rnatilgan. Shuning uchun gadjet silkinish, suv, chang, balandlik va ekstremal haroratga chidamli.
Izoh (0)