19-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi safarda Saudiya Arabistoning “Al-Nassr” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 55-daqiqasida Umar Havsaviy burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni OKMK darvozasiga joylab qo‘ydi (1:0). 62-daqiqada esa Sulton al-G‘annam jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Juliano 80 va 90+3-daqiqalarda gol urib, hisobni yiriklashtirdi (3:0) va dublga erishdi.
Shu tariqa Olmaliqning OKMK klubi mehmonda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqaning saralash bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi.
Toshkentning “Paxtakor” klubi esa BAAning “Al-Nasr” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 31-daqiqasida Dragan Cheran penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib Marat Bikmayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Alvaro Negredo o‘z xatosini to‘g‘irlab, hisobni qisqartirdi (2:1). Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “sherlar” safarda “Al-Nasr” klubini kichik hisobda mag‘lub etdi va musobaqa guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (2:1).
OChL
3-saralash bosqichi bahslari
19-fevral, seshanba
“Al-Nasr”—“Paxtakor” 1:2
Gollar: 0:1 — 31, penalti, Dragan Cheran, 0:2 — 50 Marat Bikmayev, 1:2 — 60 Alvaro Negredo“Al-Nassr”—OKMK 4:0
Gollar: 1:0 — 55 Umar Havsaviy, 2:0 — 62 Sulton al-G‘annam, 3:0 — 80 Juliano, 4:0 — 90+3 Juliano.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)