NASA Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi suv toshqini oqibatlari tushirilgan suratlarni internetdagi rasmiy saytiga joyladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Kvinslendda bir necha hafta davomida yomg‘ir yog‘gan. Flinders daryosi juda ham to‘lganidan koinotdan olingan suratlarda ko‘rinishi o‘zgargan.
Saytda bitta hududning toshqindan oldingi va keyingi holati aks etgan suratlar berilgan.
Toshqin fermerlarga katta ziyon keltirgan. Uning natijasida yuz minglab hayvonlar halok bo‘lgan.
Izoh (0)