Hukumat Orol dengizida paydo bo‘lgan cho‘llashgan hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishni buyurdi. Unga ko‘ra, 500 ming gektar yer yashil holga keltiriladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.
Hozirda qurib qolgan dengiz o‘rnida Orolqum cho‘li paydo bo‘lgan. U 5,5 million gektardan ortiqroq yerni egallaydi. Oxirgi yillarda tuproqning qurib borishi va sho‘rlanishi tufayli 50 ming gektar ekin maydonlari unumdorligini yo‘qotib, fermerlik uchun yaroqsiz holga kelgan.
Izoh (0)