2018-yil oxirida “Mahalla” shahar jamg‘armasi va “Nuroniy” jamg‘armasi Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga bag‘ishlangan yodgorliklarni ta’mirlash va restavratsiya qilishga kirishdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
“Mahalla” shahar jamg‘armasi raisi Furqat Mahmudxo‘jayevning ma’lum qilishicha, oxirgi bir necha oy davomida Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq monumentlar inventarizatsiyasi o‘tkazilib, 47 ta obyekt aniqlangan. Ular asosan urushda halok bo‘lgan qahramonlarning ismlari bo‘lgan yodgorlik taxtalari va stellalardir. Ular restavratsiya qilinib, atrofidagi hududlar obodonlashtirilgan.
U, shuningdek, Navro‘z oldidan an’anaviy xayriya hashari o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi. “Mahalla” jamg‘armasi tomonidan yordamga muhtoj 400 dan ortiq oila aniqlangan, ular orasida urush qatnashchilari ham bor.
Izoh (0)