Moskvadagi Lenin mavzoleyi 18-fevral, dushanba kunidan boshlab ikki oyga yopiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Profilaktika tadbirlari 2019-yil 16-aprelga qadar davom etishi bildirilgan. Oldingi gal mavzoley shunday sabablar bilan 2017-yilda yopilgandi.
Ekspertlarga ko‘ra, ikki oy davomida “Leninning jasadi saqlanishini ta’minlash bo‘yicha rejadagi profilaktika tadbirlari” o‘tkaziladi. Shu muddat mobaynida mavzoleyda harorat va yorug‘lik holatini ta’minlab turuvchi qurilma ham ko‘zdan kechiriladi.