Internetda Xitoy shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida qariyb 2,6 million uyg‘urlarning harakatlanishi kuzatilayotgani aniqlandi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Foto: info24.ru

Axborot xavfsizligiga ixtisoslashgan GDI Foundation notijorat tashkiloti xodimi Viktor Gevers Internetdan ommaviy ma’lumotlar bazasini topganligini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, unga bir kecha-kunduzda deyarli 6,7 million GPS- koordinatalari kelib tushgan. Joylashuv ma’lumotlariga qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar bazasida odamlarning ismlari, hujjat raqamlari, uy manzili va fotosuratlar mavjud.

Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlari bo‘lganlarning aksariyati uyg‘urlardir.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ma’lumot Xitoyning SenseNets kompaniyasi tomonidan yig‘ilgan.

Olti oy davomida ma’lumotlar bazasiga kirish ochiq bo‘lgan. Uning ochiqligi server egalariga ma’lum qilingach unga kirish yopilgan.

Ular shuningdek Xitoyning sharqiy va janubiy Guangdong provinsiyasida Lyanyungan shahrida insonlarni qiyofalarini aniqlash tizimini o‘rnatish bilan ham shug‘ullanganligi aniqlangan.