Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining maxsus jangovar bo‘linmalari ishtirokida Guliston shahridagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda “Garovga olingan fuqarolarni ozod qilish va qurollangan jinoyatchilarni qo‘lga olish” maxsus-taktik tezkor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlar Sirdaryo viloyati ichki ishlar hamda boshqa huquq-tartibot organlari va ularning jangovar bo‘linmalari bilan hamkorlikni o‘rnatish, doimiy ravishda aloqa almashinuvi tizimini yaratish hamda har bir xodim tomonidan o‘z xizmat vazifasini a’lo darajada bajarilishiga erishish maqsadida tashkil etilmoqda.