Rossiya Gerontologiya ilmiy-klinik markazi direktori Olga Tkacheva Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligini ta’minlashga yordam berayotgan omillar nima ekanligini aytdi. Bu haqda “Sputnik” xabar beradi.

Olga Tkacheva
Foto: “Sputnik”

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Ekspertning fikriga ko‘ra, bunday ijobiy statistika ham fiziologik, ham ijtimoiy sabablarga ega.

“Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisi o‘simlik mahsulotlarining parhezi, shuningdek, spirtli ichimliklar va tamaki iste’molining nisbatan past darajasi bilan tavsiflanadi, bu sog‘liqni saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir muhim jihat bu — ijtimoiydir. Sharq xalqlarining urf-odatlarida har doim keksa avlodga hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Bu ham qaysidir ma’noda umr ko‘rishni uzaytiradi”, — deya tushuntiradi Tkacheva.

Migratsiya omillarini istisno qilishning hojati yo‘q — yosh avlod faol tarzda ishga joylashish uchun chet elga ketishi ham umumiy statistikaga va fuqarolarning turli yoshdagi guruhlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, mutaxassis, umr ko‘rishning davomiyligi birinchi navbatda shaxsga va uning turmush tarziga bog‘liqligini ta’kidlaydi, bunda genetikaning roli faqatgina 15-20% ekanligini qayd etadi.