IShID Misrning Sinay yarimolida armiya qo‘shinlariga nisbtaban uyushtirilgan qurolli hujumda qo‘li borligini tan oldi. Hujum natijasida o‘ndan ortiq harbiylar vafot etgan yoki jarohatlangan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Shanba kuni ertalab bir guruh jangarilar Sinayning shimolidagi qo‘shinlarning biriga hujum qilishgan. Yetti nafar ekstremist o‘ldirilgan.
Hozirda xavfsizlik xizmati hujum uyushtirgan ektremistlarni izlab, mahalliy hududda tintuv ishlarini olib bormoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)