UEFA tashkiloti Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Mazkur nomga “Napoli” hujumchisi Xose Kalyexon loyiq topildi.
Yevropa Ligasi 1/16 finalining dastlabki o‘yinlari tugagandan so‘ng eng yaxshi o‘yinchi nomiga 4 nafar futbolchi da’vogarlik qilgandi.
Ro‘yxatda Kalyexondan tashqari “Chelsi” yarim himoyachisi Ross Barkli, “Valensiya” hujumchisi Ruben Sobrino, “Viktoriya Plzen” himoyachisi Ludek Pernitsa bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Xose Kalyexon Yevropa Ligasining 1/16 final uchrashuvida “Syurix”ga qarshi kechgan o‘yinda bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)