Toshkentda 14-fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Ularning eng ko‘pi — 11 nafari Chilonzor va Uchtepa tumanlarida, Qatortol ko‘chasi “Shuhrat” chorrahasida va Al-Xorazmiy aylanasida qo‘lga tushdi. 9 nafar ayol Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida ushlandi. Bektemirda, “Qo‘yliq” bozori yaqinida 8 nafar, Yunusoboddagi Amir Temur ko‘chasida 6 nafar ayol qo‘lga olindi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Ulardan 24 nafari oldinroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga (“Fohishalik bilan shug‘ullanish”) asosan jazoga tortilgandi.