“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Klubning rasmiy bayonotiga ko‘ra, tomonlar shartnoma muddatini 2020-yilning yoziga qadar uzaytirishga kelishib oldi.
Ta’kidlash joiz, 2017-yilda Valverde “Barselona” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
O‘tgan yilning kuz faslida klub prezidenti Jozep Bartomeu murabbiy bilan tuzilgan shartnoma 2020-yilning yoziga qadar amal qilishini ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)