Fransiyada prezidentlar reytingini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazildi. So‘rovnomada hozirgi prezident Emmanuel Makron ham bor. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 73 foiz respondentlar mamlakatning sobiq ekologiya vaziri Nikolya Yuloga ovoz bergan. Sobiq bosh vazir Alen Jyuppe esa 56 foiz ovoz to‘plagan. Eng ko‘p ijobiy ovoz olgan vazir tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bo‘lib chiqqan (49%).
Makronni atigi 36 foiz fransuzlar ijobiy qabul qilgan. Hatto sobiq prezident Nikolya Sarkozi ham 42 foiz ko‘rsatkich bilan unda o‘zib ketgan.
Izoh (0)