Andijon shahrining Yangi bozor hududidagi “Xolis” savdo markazi oldida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan hamkorlikda aholining siyosiy madaniyatini yanada oshirishga bag‘ishlangan aksiya tashkil etildi. Bu haqda institut matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Tadbirda Yoshlar ittifoqi faollari tadbirkorlik, tashabbuskorlik va siyosiy savodxonlik xususida fikr yuritib, “Bir savolga — bir sovg‘a” loyihasini ham o‘tkazdi. G‘olib va faol ishtirokchilarga hamkorlar tomonidan kitoblar, Yoshlar ittifoqi ramzi aks etgan futbolka va kepkalar sovg‘a tarzida tarqatildi.
Aksiya aholi tomonidan iliq qarshi olinib, faol va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Izoh (0)