“TurStat” tahliliy agentligi MDH va yaqin qo‘shni mamlakatlarning eng romantik shaharlari reytingini tuzish uchun internet-so‘rovnoma o‘tkazdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, MDH mamlakatlariga romantik turizm yiliga 1 milliondan ortiq sayyohlik safarlarini tashkil etadi.
MDH romantik shaharlari beshligidan Tbilisi (Gruziya), Ostona (Qozog‘iston), Baku (Ozarbayjon), Minsk (Belarus) va Kishinyov (Moldaviya) joy oldi.
Shuningdek, MDHning eng romantik shaharlari ro‘yxatiga Olma-Ota (Qozog‘iston), Bishkek (Qirg‘iziston) va Yerevan (Armaniston) ham kiritilgan.
Izoh (0)