Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun ariza berishda ko‘rsatilgan raqamlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga javob berilmagan holatlarda ularning tayyorligi haqida SMS-xabarlar orqali xabar berilmoqda, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va tuman bo‘linmalarining barcha ariza beruvchilarga SMS-bildirishnomalarini yuborish majburiyati yo‘q.
12—13-fevral kunlari 1 666 ta xorijga chiqish uchun biometrik pasport tayyor bo‘lgan. Boshqarma xodimlari 1 568 nafar fuqaroga qo‘ng‘iroq qilishga erishgan. Ulardan 98 nafariga SMS-xabarlar yuborilgan. Biroq telefon orqali xabar qilingan fuqarolarning hammasi ham hujjatni olish uchun o‘z vaqtida kelmagan.
Boshqarma xorijga chiqish pasporti tayyor bo‘lganligi haqida xabardor qilingan fuqarolardan 2—3 kundan kechiktirmasdan hujjatni olish uchun kelishni so‘raydi.
Izoh (0)