Suriya TIV AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiyani ustma-ust uyushtirilgan havo zarbalari sabab insoniylikka qarshi harakatda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Havodan berilgan zarbalar Suriyaning Bo‘g‘uz qishlog‘idagi yetmish nafar tinch aholisini halok qilgan.
“Xalqaro koalitsiyaning begunoh odamlar ustiga yog‘dirayotgan o‘qlari va Suriya xalqiga qarshi bemalol taqiqlangan quroldan foydalanishi odatiy holga aylandi. Ammo bu bilan AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiya xalqaro huquq normalari va inson huquqlarini buzmoqda. Bu insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlardan biri hisoblanadi”, — deyiladi TIVning BMT bosh kotibiga yo‘llangan xatida.
Izoh (0)