Ravon qatorasiga 8 oydan beri Rossiyada avtomobillar sotmayapti. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.

Foto: Ravon

2019-yil yanvarida kompaniya birorta avtomobil sotmadi, chunki ular sotuvning o‘zida ham yo‘q.

Taqqoslash uchun, kompaniya 2018-yil yanvarida salkam 1,5 mingta mashina sotgan va Rossiya avtobozorining 1,4 foizini egallagandi.

Kompaniyaning Rossiya bozoridagi ulushi 0 foizga tushib qoldi. Bu ko‘rsatkich 2018-yil yakunlari bo‘yicha 0,3, 2017-yilda esa 0,9 foizga teng edi.

Ma’lumot uchun, Ravon Rossiyada oxirgi bor 2018-yil may oyida avtomobillarini sotgan.