Magnitogorskdagi marshrutkada yonib ketgan erkaklar ushbu hodisaga qadar otib o‘ldirilgani aniqlandi. Bu haqda “Dialog.tj” xabar berdi.

Foto: “Dialog.tj”

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, qurbonlar hodisadan bir necha soat oldin otib tashlangan. Marshrutka yonib, portlab ketganida uning ichidagilar allaqachon halok bo‘lgan edi. Halok bo‘lganlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari — Mahmud Jumayev, Alisher Qaimov va Almir Abitov edi.

“Gazel” 1-yanvar kuni Karl Marks shoh ko‘chasida yonib ketgan. Ushbu fojia portlash yuz bergan ko‘p qavatli uy joylashgan ko‘chada yuz bergan. “Gazel” yonishining uydagi portlashga aloqasi yo‘q.