Janubiy Afrika Respublikasida yangi tug‘ilgan chaqaloq bir necha soat yomg‘ir yog‘gan payt kanalizatsiyada qolib ketdi va mo‘jiza sabab tirik qoldi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Voqea 11-ferval kuni Kvazulu-Natal provinsiyasining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan. Ayron Lavdeyl ismli mahalliy kishi kanalizatsiya yonidan o‘tib ketayotganida chaqaloq yig‘isini eshitgan. Dastlab u mushuk bolasi miyovlayapti, deb o‘ylagan. Ovoz qayerdan kelayotganini aniqlab, kanalizatsiyaning lyukini ochgan. Ichkaridan esa chaqaloq qizchani topgan.
Lavdeyl bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Qutqaruvchilar qizaloqni qutqarishiga uch soat vaqt ketgan.
Hozirda bolaga mahalliy kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning ota-onasi va u qanday qilib kanalizatsiyaga tushib qolgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)