Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy Yangi yili nishonlanishi arafasida Guandun provinsiyasida yuzaga kelgan besh kilometrlik tirbandlik aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi Motor.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda 110 milliondan ortiq odam yashaydi. Mahalliy aholidan tashqari, bayramga bir hafta qolganda Xitoyga ko‘p sonli sayyohlar tashrif buyurgan. Xinhua saytida, sayyohlar soni 415 million ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Shuningdek, Xitoyda 2018-yilda 27,5 million avtomobil sotilgan. Bunda 90-yillardan buyon ilk bor bozorda sotuv hajmining pasayishi qayd etilgan. Avtomobil bozorida eng ommabop ishlab chiqaruvchilar Volkswagen (3 172 080), Honda (1 452 451) va Geely (1 385 185 ta avtomobil) bo‘ldi.