Amerika prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasida AQShda birorta prezident u kabi ko‘p ishlamaganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: AP Photo

“Hech qaysi prezident men kabi ko‘p ishlamagan,” — yozadi Tramp.

U o‘zidan oldingi prezidentlardan qolgan “tartibsizliklar”ni to‘g‘rilash uchun juda ko‘p ishlayotganini sezgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 4—7-fevral kunlari uning 50 foiz vaqti “hujjatlar bilan ishlash”ga sarflangan.