13—20-fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha 70-an’anaviy “Strandja” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Foto: Google Images

Mazkur musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi ishtirok etadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Terma jamoa musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

  • -52 kg: Xudoynazar Fayzov
  • -56 kg: Abdulhay Shorahmatov
  • -56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov
  • -64 kg: Aliyor Noraliyev
  • -69 kg: Bobousmon Boturov
  • -75 kg: Fanat Qahramonov
  • -81 kg: Xurshid Abdullayev
  • -91 kg: Sanjar Tursunov.

Murabbiylar:

  • Ilyos Rahimjonov
  • Bahodir Erkayev

Shuningdek, Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!